Memorandumi imzolandi

11:32 - 18 Noyabr Yangiliklar
515

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

ness image

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

 – muvaffaqiyatli hamkorlik qilinishi maqsadida, o‘zaro manfaatli doirada amaldagi qonunchilikka asosan maʼlumotlar almashinishni yo‘lga qo‘yish;

– keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash tizimini boshqarishni mukammallashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy loyihalar, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, samarador mexanizmlarni ilgari surish;

 – keksalarni qo‘llab-quvvatlash borasida ularga ijtimoiy-maʼnaviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, ularning hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani tadqiq etish va aniq taklif-tavsiyalar ishlab chiqish;

 – keksalarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, tahlil qilish, ularni reabilitatsiya qilish sohasiga ilg‘or xorijiy tajribaning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha mezonlar ishlab chiqish;

 – “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi keksalarni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilish masalalarida ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish, dispanser ko‘rigidan o‘tkazilishi, ambulator, statsionar va sanator sharoitda davolanishlari, shuningdek, tarixiy qadamjolar hamda ziyoratgohlarga muntazam sayohatlarni uyushtirish ishlarida yaqindan hamkorlik qilish;

– mahalla va oila, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash tizimining dolzarb masalalari bo‘yicha seminar, konferensiya, uchrashuvlar, davra suhbatlari, forumlar o‘tkazishni tashkillashtirishga ko‘maklashish;

– hududiy darajada keng doiradagi ishtirokchilarni jalb etishni taʼminlash va kelgusida ikki tomonlama o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish kabilardan iborat.

Chop etish