21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni

06:47 - 21 Oktabr Yangiliklar
654

ness image

Har bir millat uchun o‘z madaniyati naqadar qadrli bo‘lsa, ona tili ham muqaddas sanaladi. Shu bilan birga til jamiyatni rivojlantirish omili, millatning ajralmas xususiyati va davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi belgilardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Mamlakatimizda Konstitutsiya bilan davlat tilining huquqiy maqomi mustahkamlab qo‘yildi.

Barcha vatandoshlarimizni milliy g‘ururimiz, shaʼnimiz va obro‘yimiz sanalgan bugungi 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tabriklaymiz!

Chop etish