O‘quv seminar

11:11 - 18 Oktabr Yangiliklar
484

Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish jarayonlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining huquq va majburiyatlari” mavzusidagi navbatdagi o‘quv seminar Namangan viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti kengash kotibi Xasanboy Abdusamatov ishtirokchilarga maʼruza qildi.

ness image

O‘quv-seminarda mahallardan jalb qilingan jami 923 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Ushbu tadbirlarda saylovchilarga bo‘lajak saylovning ahamiyati, saylov qonunchiligi hamda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ularning saylov huquqlari keng tushuntirildi. Eng avvalo, “Kuzatuvchi kim?, Kimlar kuzatuvchi bo‘lishi mumkin?”, degan savollarga aniqlik kiritib olindi.

Kuzatuvchi – bu saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsdir. Kuzatuvchilar saylov jarayonida o‘zining xuquq va majburiyatlariga oid barcha savollariga javob olishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, kuzatuvchilar faoliyatining huquqiy asoslariga quyidagicha javob berildi:

1) O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi (8, 11, 14, 33, 50, 54–58 va 102-moddalari);

2) “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun;

3) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun (11-modda);

4) Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari to‘g‘risida”gi nizomlar haqida ham alohida tushuntirildi.

Chop etish