Seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi

10:41 - 18 Oktabr Yangiliklar
534

Sirdaryo viloyatining 3 ta shahri va 8 tumanida joriy yilning 24-oktyabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

ness image

Unda “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Hodjayev Sobir ishtirokchilarga maʼruza qildi. O‘tkazilgan seminarlar davomida kuzatuvchi – bu saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsligi tushuntirildi. Milliy saylov qonunchiligi va xalqaro saylov standartlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bosqichlarida kuzatuvchilik institutining o‘rni beqiyos bo‘lib, bu birinchidan, saylov kompaniyasining ochiq va oshkora o‘tishiga xizmat qiladi, ikkinchidan, saylov komissiyalari faoliyatining shaffofligini taʼminlashda muhim ahamiyatga egaligi, Nizomga muvofiq, birinchidan, siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkinligi; ikkinchidan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan fuqarolar yig‘ini raisi, uning o‘rinbosari, maslahatchisi, shuningdek, fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo‘lishi mumkinligi alohida taʼkidlab o‘tildi. Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘lib, saylov komissiyalari kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib berishi lozimligi xaqida to‘xtalib o‘tildi. Seminar davomida kuzatuvchilarga 8-saylov okrugi tomonidan berilgan mandatlar tarqatildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Chop etish