Xotin-qizlar masalasida hamkorlik aloqalari

12:10 - 15 Oktabr Yangiliklar
573

2021-yil 15-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash ”instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga kompleks yordam ko‘rsatish va qo‘llab - quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida VEBINAR o‘tkazildi.  

ness image

Vebinarda Respublika taʼlim muassasalaridan professor - o‘qituvchilar va talaba kizlar, “Mahalla va oila” ilmiy –tadqiqot instituti ilmiy xodimlari jami 50 ta ishtirokchi onlayn va 20 ta ishtirokchi oflayn ishtirok etishdi.

Vebinarda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabayevna jahon miqyosidagi statistika va umumiy tendensiyalarga nazar tashlasangiz, oilaviy zo‘ravonlikdan asosan ayollar jabr ko‘rayotgani maʼlum bo‘ladi. Lekin bu mutlaq xarakterga ega emas, yaʼni oilada erkak kishining ham ayoli yoki ota-onaning farzandlar yoxud boshqa oila aʼzolari tomonidan ruhiy bosim ostida yashab kelishi kuzatiladi. Bu ham oilaviy zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi sanaladi. Chunki, mazkur holatda shaxsning birlamchi huquqlari buziladi, natijada jabrlangan shaxs jiddiy psixosomatik kasalliklar orttirishi yoki boshqa ayanchli holatlari ro‘y berishi mumkin. Oilaviy zo‘ravonlikning eng og‘ir oqibatlaridan yana biri farzandlar ruhiy holati va axloqiga yetkaziladigan jiddiy zarardir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha qaror, Farmonlari qabul qilingan bo‘lib, ular asosida barcha xotin-qizlarimiz uchun soha yo‘nalishlari bo‘yicha Bizning mentalitetda oila oliy qadriyat sanaladi. Farzandlar kattalarga hurmat, anʼanala rga sodiqlik ruhida tarbiyalanadi. Biroq bugungi kunda oilada ayollarning huquqi va shaxs erkinligi masalalari eʼtibordan chetda qolayotganligni kuzatish mumkin. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi direktori Rasulova Muqaddam “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish”, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. psixologiya fanlari nomzodi Ismaylova Raʼno “O‘z joniga qasd qilishning oiladagi zo‘ravonlikka bog‘liqligi”, Mirzo Ulug‘bek tumani Xotin- qizlar va oila masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Molashxiya Tamara “Oilada zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni himoya qilish”, Mirzo Ulug‘bek tumani 7-sonli IIB katta leytenanti Axmedova Albina “Xozirgi kunda xotin-qizlarni sog‘lig‘ini va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha chora -tadbirlari. (norkamaniya, ruhiy kasallik)”, “Mustaqillik” mahallasi MFY rais o‘rinbosari Muxamedjanova Durdonaxon  “Obod mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati” mavzusidagi maʼruzalar bilan ishtirok etishdi. Maʼruzalar mavzusi ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha idoralaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha savol javob va taqdimotlar hamda interaktiv ko‘rinishda bahs-munozaralar bo‘lib-o‘tdi.

Chop etish