Namangan viloyatining 14 ta hududida quv-seminarlari tashkil etildi

12:00 - 15 Oktabr Yangiliklar
498

ness image

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamda Namangan viloyati Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi o‘quv-seminarlari viloyatning 14 ta hududida tashkil etildi. Unda institut ilmiy xodimi Shuhrat Zokirov yig‘ilganlarga maʼruza qildi. O‘quv seminarlari davomida muhim siyosiy tadbirni saylov qonunchiligi talablari asosida yuqori saviyada o‘tkazishda mahalla tizimi faollarining roli kattaligi, bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha suhbatlashildi. Tadbirlar davomida mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan saylov qonunchiligiga oid ko‘plab savollar berildi va ularga saylov qonunchiligidan kelib chiqib, javoblar berildi.

Chop etish