O‘quv seminar

06:32 - 15 Oktabr Yangiliklar
391

Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan kuzatuvchilarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida ularining huquq va majburiyatlari, okrug va uchastka saylov komissiyalarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida tushunchalar berish yuzasidan o‘quv-seminarini o‘tkazildi. Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limi katta ilmiy xodimi Husniddin Norqulov ishtirokchilarga maʼruza qildi. 

ness image

Maʼlum qilinishicha Viloyatda 1114 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha jami 1111 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 1111 nafar kuzatuvchi nomzodi ko‘rsatilgan.

Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tegishli hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan biriktirilgan kuzatuvchilar uchun joriy yil 4-9-oktyabr kunlari: Kattaqo‘rg‘on shahar, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlarida, Qo‘shrabod, Ishtixon, Oqdaryo, Bulung‘ur, Jomboy, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Urgut, Tayloq va Samarqand tumanlarida Samarqand shahrida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.


Fotolavha

Chop etish