“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti Sizni “Oila huquqining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.

10:26 - 14 Oktabr Yangiliklar
463

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti.

Konferensiyaning maqsadi – keng jamoatchilikni oila huquqining dolzarb masalalari hisoblangan, er va xotin o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarga oid muammolar va ularning yechimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish, oila huquqi subyektlarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar va sud–huquq amaliyoti bilan tanishtirish, oila huquqining dolzarb masalalari bo‘yicha tajriba almashish.

ness image

Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1 shoʻba. Globallashuv jarayonida oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solishning nazariy va  amaliy jihatlari

2 shoʻba. Oila qonunchiligini takomillashtirishning ijtimoiy va iqtisodiy asoslari

3 shoʻba. Xalqaro va milliy talablar asosida oila huquqi institutlarining rivojlanishi va  istiqbollari

 

Yalpi majlis uchun dolzarb muammolarni aniqlash va oila huquqiga oid masalalarni o‘zida jamlagan, nikoh, oila huquqi subyektlarining aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, patronat kabi institutlarni tartibga solish va oila qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berish bilan bog‘liq taqdimotlar (maʼruzalar) qabul qilinadi. Konferensiya natijalariga ko‘ra ilmiy maqolalar to‘plami nashr etiladi.

 

Konferensiyada qatnashish uchun: oila sohasida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, universitet talabalari, amaliyotchi mutaxassislar taklif etiladi.

 

Rasmiy tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari

 

MAQOLALARNI YUBORISH UCHUN TALABLAR

 

·    Maqolalar adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan, A4 formatida yozilgan

5-6 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

·    Qatorlar oralig‘i -1,5 shrift - Times New Roman; shrift hajmi - 14 pt; sahifa parametrlari - har tomondan 20 mm; oriyentatsiya - kitob; xatboshi chizig‘i - 1 sm; matnni kengligi bo‘yicha tekislash; sahifa raqamlarini kiritmang.

·    Foydalanilgan adabiyotlarga havolalar to‘rtburchak qavs [ ] ichiga olingan raqamlar bilan formatlangan bo‘lishi kerak. Adabiyotlar alfavit tartibida yoki havolalar ketma-ketligida tuzilgan bibliografik ro‘yxatga muvofiq raqamlangan bo‘lishi kerak.

·    Adabiyotlar ro‘yxati. Agar matnda adabiyotga havola qilingan bo‘lsa, asosiy matndan keyin markazda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi yozilishi va manbalarning raqamlangan ro‘yxati joylashtirilishi kerak.

·    Sarlavha qalin Times New Roman shrifti bilan markazlashtirilgan; shrift hajmi – katta harflar bilan 14 pt. Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning to‘liq ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida), so‘ng 1 interval tashlab asosiy matn yoziladi.

·    Agar matnda jadvallar va rasmlar bo‘lsa, unda ular raqamlangan bo‘lishi kerak (“Jadval №1” - qalin harflar bilan yozilgan).

·    Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

·    Tezis bilan birgalikda ishtirokchi anketasi ham jo‘natilishi lozim.

·    Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, maʼlumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

·    Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.


MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI 2021-yil 25-noyabrgacha

 

E-mail: sardoralimov2507@mail.ru

Telegram orqali: +99890-523-93-33

 

Bizning manzilimiz: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent, Ismoiliy ko‘chasi, 1 G uy

 

Aloqa uchun telefonlar: +99890-523-93-33

Chop etish