Buxoroda muhim siyosiy jarayonga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

05:04 - 13 Oktabr Yangiliklar
453

Sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimizda Prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu muhim siyosiy jarayonga Buxoro viloyatida ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Viloyatda 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, ularda 610 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

ness image

Joriy yilning 4-9-oktyabr kunlari viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan mazkur saylov uchastkalarida saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari, kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlariga doir o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda saylovlarni kuzatish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlaridan 610 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. 

Seminarda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Furqat Sodiqov ishtirok etib, yurtimizda yuz berishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon ahamiyati, saylovni munosib o‘tkazish borasida yig‘ilganlarga seminar-trening o‘tkazdi. 

 Joylarda tashkil etilayotgan o‘quv va seminarlarda kuzatuvchilarga, shuningdek, saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining huquq va majburiyatlari, saylovlarda ovoz berish qoidalari yuzasidan tayyorlangan tarqatma material (slayd, qo‘llanma)lar taqdim qilindi, savol-javoblar o‘tkazildi.

Chop etish