“Keksalik va maʼnaviy meros” hamda “Keksalari eʼzozlangan yurt” nomli kitoblar taqdimoti

06:49 - 9 Oktabr Yangiliklar
614

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalardagi tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

ness image

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-son qarori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.

Mazkur haftalik doirasida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nuroniylar ishtirokida “Keksalik va maʼnaviy meros” hamda “Keksalari eʼzozlangan yurt” nomli kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

  “Keksalik va maʼnaviy meros” nomli mazkur risola hozirigi kunda dolzarb masalalardan hisoblangan oilada farzand tarbiyasi, mahalla instituti, ushbu institutda keksalarlar, ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanish, maʼnaviy meros, keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning oiladagi, jamiyatdagi, farzand tarbiyasidagi o‘rni, ularni ijtimoiy himoyalash, qadrlash, avlodlar vorisligini taʼminlashdagi roli, yoshlarni tarbiyalashdagi xizmatlari haqida teran fikr va mulohazalar bildirilgan. Ushbu risola davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, mahalla instituti faollari, targ‘ibotchilar, taʼlim-tarbiya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tinglovchilar, talaba va o‘quvchilar, shuningdek, barcha fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

  Yana bir “Keksalari eʼzozlangan yurt” nomli risolada keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida mustaqillik yillarida qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar hamda mustaqillik natijasida jamiyatda keksa avlod vakillarining o‘rni va roli, ularga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar yoritilgan. Mazkur ikki risola “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti tomonidan “Keksalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusidagi qisqa muddatli loyiha doirasida tayyorlangan.

Tadqimotning ochilish marosimida institut direktori professor Nodira Egamberdiyeva shunday dedi: “ – Keksa  avlod vakillarini eʼzozlash, hozirgi osoyishta kunlarimiz uchun sidqidildan mehnat qilgan insonlarga hurmat ehtirom ko‘rsatish, ularni qadrlash xalqimizga xos hislatlardan biri sanaladi. Shu maqsadda biz mahalla hamda oilalarning tinch va osoyishta bo‘lishida aynan yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimizning uzoq yillik hayotiy tajribasiga tayanamiz. Ularning bosib o‘tgan samarali va sermazmun hayot yo‘llaridan o‘rnak olamiz. Nashr ettirilgan mazkur “Keksalik va maʼnaviy meros” hamda “Keksalari eʼzozlangan yurt” nomli kitoblarda ham aynan nuroniylarning hayotiy tajribalari aks ettirilgan”.

Chop etish