Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

06:05 - 8 Oktabr Yangiliklar
449

Toshkentda "Aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlaridan barqaror rivojlanish maqsadlarida foydalanish yo‘nalishlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.


ness image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor respublikada umumiy aholini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu konsepsiyada O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi haqida ishonchli maʼlumotlar, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli prognozlar va davlat maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratmoq va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, mehnat resurslarini joylashtirish va ulardan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlarini o‘rganish muhimligi alohida taʼkidlangan.

Xalqaro konferensiya BMT ning Axolishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda 15dan yaqin mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar va aholishunoslik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi olimlar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishmoqda.

Konferensiyani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti tashkillashtirgan.

 

Mirasror Ahrorov, 

jurnalist

Manba

Chop etish