O‘zbekistonning doimiy aholisi 2020-yilga nisbatan 2% oshdi

05:47 - 8 Oktabr Yangiliklar
366

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshdi

ness image

2021-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi soni 35 million 79 ming 200 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Maʼlumotda keltirilishicha, doimiy aholi soni 2020-yilga nisbatan 2 % ga oshgan. Demak, O‘zbekistonning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 mln. kishiga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning 1-25-noyabrlarida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Lekin mazkur keng qo‘lamli ishni amalga oshirishdan avval uning sinovi bo‘lib o‘tishi ham belgilangan.

Xususan, joriy yil 1-25-noyabr kunlari Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari eksperiment ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.


Manba

Chop etish