Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

05:48 - 6 Oktabr Yangiliklar
392

 “Aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlaridan barqaror rivojlanish maqsadlarida foydalanish yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun

PRESS-RELIZ

ness image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-sonli Farmoniga muvofiq mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor respublikada umumiy aholi ro‘yxatini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu konsepsiyada

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi haqida ishonchli maʼlumotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli prognozlar va davlat maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, milliy barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini shakllantirish, mehnat resurslarini joylashtirish va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlarini o‘rganish” muhimligi alohida taʼkidlandi.    

Mustaqillik yillarida mamlakatda birinchi marotaba aholini ro‘yxatga olish, shuningdek, bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 710-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilning 1–25-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayoni va barcha meʼyoriy hujjatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida 2021-yilning 1–25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilandi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalari ijtimoiy infratuzilmani rejalashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, zaif guruhlar va geografik hududlarning ehtiyojlarini qondirish, dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqishga iaratilgan.  Shu nuqtayi nazardan, aholini ro‘yxatga olish natijalarini tayyorlash va nashr etish davlat organlari, tahlil markazlari va boshqa manfaatdorlarning analitik salohiyatini yaxshi rejalashtirish va rivojlantirishni talab qiluvchi juda muhim qadamdir.

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari soha mutaxassislarining ro‘yxatga olish natijalarini ishlab chiqarishda va ulardan samarali foydalanishda imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Ushbu konferensiya aholi maʼlumotlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani tadqiq etish orqali O‘zbekistondagi maʼlumotlarni hisobga olish natijalarini samarali va to‘liq qo‘llash bo‘yicha, ularni GAT(geoaxborot tizimi) tematik namunaviy so‘rovlar yoki uyali maʼlumotlar kabi boshqa axborot manbalari bilan birgalikda taqdim etish imkoniyatini beradi.

Mazkur anjumanda Birlashgan Millatlar tashkiloti vakillari jumladan, Birlashgan Millatlar Yevropa iqtisodiy komissiya va ijroi qo‘mitasi, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘limi, Jahon banki kabi tashkilotlardan yetakchi ekspert va mutaxassislar, shuningdek, aholishunoslik sohasida faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin mamlakatlardan jumladan, AQSH, Fransiya, Rossiya,  Vengriya, Polsha, Latviya, Litva, Chexiya, Gruziya, Belorussiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, kabi davlatlarning xalqaro ekspert, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Konferensiya diorasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar haqida xalqaro hamkorlarni xabardor qilish uchun qulay platforma yaratildi, bundan tashqari ikki kun mobaynida mahalliy mutaxassislar xorijlik hamkasblari tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 Konferensiya Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan

“CISPop: sifatli maʼlumotlar – samarali siyosat” mintaqaviy dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va anjuman onlayn hamda offlayn formatda bo‘lib o‘tdi.


Fotogalereya

Chop etish