Ilmiy-amaliy konferensiya

11:32 - 30 Sentabr Yangiliklar
431

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

PRESS-RELIZ


ness image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-farmoyishi asosida respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida 2021-yilning 30-sentyabr kuni “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – zamonaviy oila institutining rivojlanish tendensiyalari, oilada yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning dolzarb masalalari, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni barpo etish hamda mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, mustaqil va farovon oilani shakllanishiga salbiy taʼsir etuvchi omillar va ularning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslarini o‘rganishdan iborat.

Mazkur konferensiyada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlaridan yetuk olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etishdi. Konferensiyaning yalpi majlisini “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Egamberdiyeva Nodira Melibayevna hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marufova Gulnora Maxmudovnalar o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan ochib berib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilashdi. Yalpi majlisda “Zamonaviy oilani barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni”, “Oila – milliy qadriyatlar beshigi”, “Oila va tarbiya masalalari sharq allomalar nigohida”, “Mustaqil va farovon oilani shakllanishiga er-xotin munosobatlaridagi nizolar salbiy taʼsir etuvchi omillar sifatida” kabi mavzularda maʼruzalar taqdim etildi.

Konferensiya yalpi majlisdan so‘ng o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi. Tadbir yakunida zamonaviy oilada hamda farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Fotolavha

Chop etish