TAQDIMOTLAR

01:40 - 17 May Yangiliklar
872

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida joriy yilning 17-may kuni “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan mahalla va oila tizimi bo‘yicha nashr ettirilgan bir qator ilmiy jihatdan asoslangan risolalar va kitob taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

ness image

Quyida ularning ro‘yxatini eʼtiboringizga taqdim etamiz;

-        YANGI O‘ZBEKISTONNING FAROVON OILASI

-        TAZʼYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABR KO‘RGAN XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY REABILITATSIYASI HAMDA SUITSIDAL HULQ PROFILAKTIKASI

-        MEDIATSIYA NIZOLARNI HAL ETISH USULI SIFATIDA

-        BAXTLILIK O‘LCHOVI

-        INSON BAXTI VA OILAVIY XAYOT

-        OILALARDA FARZANDLARNING HIS TUYG‘ULARI, XOHISH-ISTAKLARI VA MOTIVATSIYALARINI TUSHUNISH HAMDA RIVOJLANTIRISH

  Maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, to‘plamalar “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan bo‘lib, endilikda ushbu kitoblar orqali minglab oilalarga yuridik, psixologik jihatdan tavsiyalar berilib, yosh oilalar, xususan endi turmush qurish ostonasidagi yigit-qizlarga ko‘mak va tavsiyalar beriladi. Kitoblarda ota-onalarga Yangi O‘zbekistonning yangi avlodini tarbiyalashning nazariy, metodik masalalari ilmiy-ommabop tarzda bayon etiladi. Bu yangi avlodni Uchinchi Renessans talablari asosida tarbiyalash uchun ijtimoiy pedagogik kompetensiyalar bilan qurollantirishga ilmiy-amaliy shart-sharoitni yaratish uchun o‘ta muhimdir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarga qarata tarqatilayotgan turli-tuman g‘oyalar, fikrlar ota-onalardan ularning salbiy taʼsirini zararsizlantirish yo‘llarini bilish taqozo qilinadi. O‘smir-yoshlarimiz har kuni turli g‘oyalar taʼsiriga duch kelishadi. Biroq, ota-onalarning hammasi ham bu taʼsirlar salbiy g‘oyalarning taʼsiri ekanligini anglayvermaydilar.

O‘ylaymizki, taqdim etilayotgan ushbu risolalar bilan tanishgan har bir ota-ona o‘zini, oilasini qolaversa farzandlarini himoya qilishda zaruriy taklif va tavsiyalar hamda yo‘l xaritasiga ega bo‘ladi.

Mazkur to‘plamlar Respublikamizning barcha hududlariga jumladan, MFY hamda tegishli tashkilotlarga yetkazilib, ularda keltirilgan asosli faktlar va axborotlar orqali, turli muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish maqsad qilingan.

Fotolavha

Videolavha

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot

 instituti Matbuot xizmati

Chop etish