Ilmiy-amaliy konferensiya

05:00 - 30 Sentabr Тошкент шаҳри
679
events image

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-farmoyishi asosida respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida 2021 yilning 30-sentyabr kuni “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

 

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:

1.    Zamonaviy oila institutining rivojlanish tendensiyalari.

2.    Zamonaviy oilalarda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning dolzarb masalalari.

3.    Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni barpo etishda oila-mahalla va NNTlarning mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi hamkorligi.

4.    Mustaqil va farovon oilani shakllanishiga salbiy taʼsir etuvchi omillar va ularning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslari.

 

Konferensiyada ishtirok etish uchun maqalolalar matnini tayyorlash bo‘yicha talablar

 

Anjumanning rasmiy tili: o‘zbek va rus tillari

 

1.    Matn Microsoft Word muharriri, Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham,

1 interval, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilib, 6-8 bet hajmda rasmiylashtiriladi.

2.    Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida), so‘ng 1 interval tashlab asosiy matn yoziladi.

3.    Fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bo‘lishi shart.

4.    Matnda keltirilgan fikrlar, statistik maʼlumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun masʼuliyat muallif zimmasida qoladi.

5.    Konferensiya materiallari maqolalar to‘plami holida chop etiladi.

6.    Maqolalar va ishtirokchi anketasi elektron shaklda ranohon2013@gmail.com manzilida qabul qilinadi.

7.    Muddat: 2021-yil 15-sentyabr kech soat 18.00 gacha. Konferensiya ishtirokchilari ro‘yxatini o‘z vaqtida tayyorlash uchun kech qolmasliklaringizni so‘raymiz.

8.    Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

 

 

Tashkiliy qo‘mita manzili: 

 

Toshkent shahri, Ismoiliy ko‘chasi, 1G uy

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

 

Telefon: +998 97 1451507 (telegramm kanali)

Ye-mail: ranohon2013@gmail.com (Raʼno Ismaylova)

 

 

Ilmiy-amaliy konferensiya tashkiliy qo‘mitasi

 

Ishtirokchi anketasi

 

  • Muallifning FISH  
  • Shahar
  • Ish joyi
  • Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
  • Maqola nomi
  • Shoʻba nomi
  • E-mail
  • Telefon

 

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish