Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich

Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi

Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent

elektron pochta: saidfozil@rambler.ruzcc66@mail.ru  

1983-1990-yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi. 1990-yilda Butunittifoq Mehnat ilmiy tadqiqot instutida mehnat faoliyatini boshlagan. 1992-1995-yillarda Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish instituti aspiranturasida tahsil oldi, keyinchalik ushbu institutda katta ilmiy xodim lavozimida ish faoliyatini davom ettirdi. 1998-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Joylashtirish va mintaqalarni kompleks rivojlantirish” bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib ishladi. 2005-2011-yillarda oliy ta‘lim tizimida faoliyat yuritdi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Demografiya” kafedrasi hamda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.

2011-2022-yillarda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida guruh rahbari, hozirgi paytda esa “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib bormoqda. U 1997-yilda “Aholi zich joylashgan hududlarda shahar manzilgohlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi (Andijon viloyati misolida)” mavzusida nomzodlik, 2021-yilda “O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Zokirov S.S. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.