Xonturaev Bobur Azimovich

Xonturaev Bobur Azimovich

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti “Oila demografik rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i

 El. pochta: idmon.88@gmail.com

  2007-2011-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Iqtisod va moliya” mutaxassisligi bo‘yicha, 2011-2013-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Moliya” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Ilmiy yo‘nalishlar: demografiya, iqtisodiyot, moliya, marketing va taʼlim.

Faoliyati davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi katta o‘qituvchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi o‘qituvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi iqtisodiyot o‘qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi” kichik ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.

Ilmiy ishlar: 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta analitik ishlanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar (jumladan, 30 ga yaqini xorijda). Ingliz va rus tillarini mukammal biladi, 10 dan ortiq xalqaro va milliy sertifikatlar egasi.

OT-F1-22-raqamli “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va zaxiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha, A-OM-2021-551-sonli “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish gender tadqiqotlar gender.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. “Baxtiyor oila” veb-portalini yaratish va “Demografiya milliy portalini yaratish” mavzularidagi ilmiy loyiha raxbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Rossiya Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi tomonidan “Naseleniye i razvitiye. Uroven 2 va 3” kurs tinglovchisi, BMT tomonidan tashkil qilingan xavfsizlik bo‘yicha xabardorlik yuzasidan onlayn trening –“BSAFE” bitiruvchisi va Kolumbiya universiteti “Poverty and Population: How Demographics Shape Policy” mavzusida kurs bitiruvchisi