Xodjayev Sobir Djumayevich

Xodjayev Sobir Djumayevich

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi boshlig‘i

Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 

elektron pochta: khsobir@yahoo.com, sobiruzmu1@gmail.com.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning “Sotsiologiya” bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi sotsiolog, sotsiologiya fani o‘qituvchisi.

Faoliyati davomida O‘zMU sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sotsiologik tadqiqotlar va xatlar bilan ishlash” bo‘limi katta muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Axborot-tahlil” bo‘limi bosh mutaxassisi.

Buyuk Britaniyaning Reding universiteti, Germaniyaning Biyelyefeld universiteti, Rossiya iqtisodiyot maktab (RESh)larida malaka oshirgan.

UNESCOning “Har dardning davosi bor”, “Shahar bekatlari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbari, “Pakistan-Afganistan Cross-Border Survey” mavzusidagi loyiha ishtirokchisi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish “gender.tadqiqot.uz” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchisi.

Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodi va texnikasi; ijtimoiy statistika; tadbirkorlik sotsiologiyasi; sotsiogerontologiya ilmiy yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

30 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro va respublika ilmiy jurnallari hamda konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. 2 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.