Rashidova Dilbar Sultanovna

Rashidova Dilbar Sultanovna

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari sohasida taʼlim va maʼrifat bo‘limi bosh mutaxassisi

elektron pochta: rdilya@mail.ru

1996-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “rus sinflarda o‘zbek tili, tarjimon” mutaxassisligi bo‘yicha, 2002-yil Toshkent Davlat Agrar universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Faoliyati davomida 2004–2005-yillarda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘limida yetakchi mutaxassis, 2005–2011-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini o‘rganish institutida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. Jumladan, Fuqarolik jamiyati shakllanishida ayollar muammolarini o‘rganish loyihasida yetakchi ilmiy xodim, loyiha rahbari lavozimida ishladi.

Faoliyati mobaynida gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullangan, turli seminar-treninglarda ishtirok etgan. Jumladan, “BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish qo‘mitasiga Muqobil maʼruzalar tayyorlash va taqdim etish” (BMTning Tarraqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan), “BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qoidalarini bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy maʼruzalarini tayyorlash” (BMTning Tarraqiyot dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan) mavzularida.

2022-yil 15–16-fevral kunlari BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy hisobotini BMT Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish qo‘mitasining 81-sessiyasida ko‘rib chiqilishiga o‘z hujjatlarini tayyorlab, sessiya ishida ishtirok etdi. Hozirgi kunda Qo‘mitaning yakuniy xulosalari asosida Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqmoqda.