Alyona Kristei

Alyona Kristei

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Moldovadagi vakolatxonasi “Avlodlar va gender dasturi” loyihasi rahbari

 elektron pochta: cristei@unfpa.org

Alyona Kristei tadqiqot va demografiya, taʼlim, dasturlarni boshqarish va siyosatni targ‘ib qilish sohasida 15 yillik tajribaga ega. U 2018-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida avlodlar va gender dasturi bo‘yicha loyiha rahbari sifatida ish faoliyatini boshlagan. U avlodlar va gender tadqiqoti (GGS) natijalaridan dalillarga asoslangan va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha siyosatchilar, tadqiqot tashkilotlari, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati bilan yaqindan hamkorlik qildi.

UNFPAda ish boshlashdan avval Davlat siyosati institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlagan, ijtimoiy sohadagi davlat siyosatini baholash va monitoring qilish hamda tahliliy hisobotlarni tayyorlash bilan shug‘ullangan. 2007–2018-yillar davomida u Moldova davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, u yerda migratsiya, umumiy sotsiologiya, shuningdek, tadqiqot usullari bo‘yicha fanlardan dars bergan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (UNDP), UNICEF, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilgan bir qancha tadqiqot loyihalarida maʼlumotlar tahlili bo‘yicha milliy maslahatchi sifatida ishtirok etgan. Sotsiologiya bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Hozirda Moldova davlat universitetining psixologiya taʼlim fanlari, sotsiologiya va ijtimoiy yordam fakultetining doktoranti.