Xamdamova Firuza Urazaliyevna

Xamdamova Firuza Urazaliyevna 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti

 Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

 elektron pochta: fkhamdamovaphd@mail.ru

2004-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2009-yil JIDUda magistraturani bitirgan. 2012-yil Esseks universitetida (Buyuk Britaniya) magistr darajasini olgan.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining (IHMM) Xalqaro hamkorlik bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida, JIDUda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.

2020-yildan gender tenglik masalari mavzusida dissertatsiya himoya qilib, PhD ilmiy darajasini olgan, 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.

2017–2021-yillari BMT Taraqqiyot Dasturining bir qator loyihalarida gender tenglik va inson huquqlari masalalari bo‘yicha milliy konsultant sifatida faoliyat olib borgan. Hozirgi vaqtda “Raqamlashtirish davrida xalqaro huquq rivojlanishi” mavzusida IHMM doktoranti sifatida tadqiqot ustida ish olib bormoqda.