Nikolay Botev

Nikolai Botev

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Demografiya masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert

 Demografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

 elektron pochta: botev@unfpa.org n.v.botev@gmail.com

Nikolay Botev AQSHning Pensilvaniya universitetida demografiya fanlari bo‘yicha PhD hamda magistr darajasini olgan. Bolgariyaning Sofiya shahridagi Oliy iqtisodiyot institutida mehnat iqtisodiyoti bo‘yicha ilmiy darajaga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasida (UNECE) demograf-tadqiqotchi sifatida ishlashdan oldin, u o‘z faoliyatini akademik sohada boshlagan, keyinroq UNECE va UNFPAda turli lavozimlarda ishlagan. UNFPAning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi direktori bo‘lgan.

Uning qiziqishlari aholi va davlat siyosati, nikohlar va guruhlararo munosabatlar, aholining qarishi hamda uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, tarixiy demografiya va demografik o‘tish nazariyasi bilan bog‘liq ilmiy ishlari Amerikan Sociological Review, Population and Development Review, Population Studies, European Journal of Aging kabi jurnallarda nashr etilgan va u bir qancha qitʼalardagi akademik muassasalarda maʼruzalar o‘qigan va nutq so‘zlagan.