Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich

Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani o‘rinbosari

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

  elektron pochta: s.n.abduraxmonov@gmail.com

  S.N. Abduraxmonov pedagogik faoliyati davomida 110 dan ortiq ilmiy va uslubiy risolalar chop ettirgan. Jumladan, hozirgi kungacha 70 dan ortiq ilmiy maqolalalari respublika va xalqaro anjumanlarda hamda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, ixtirolar uchun 5 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha institutning ilmiy tadqiqot ishlari rejasi asosida kafedrada bajarilayotgan BF-44-010-sonli shartnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan tuzilgan "Davlat yer kadastrini yuritishda axborotlashtirishning nazariy va metodologik asoslashni tadqiq etish" mavzusidagi amaliy loyihasi (2015-2020), "Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi kartalarini takomillashtirish" (2014-2016), "O‘quv ilmiy ishlab chiqarish markazi hududida yer kadastrini o‘tkazishda topograf-geodezik ish uslublarini takomillashtirish" (2015-2017), "Yer monitoringini yuritishda kartografik taminlash uslublarini takomillashtirish" (2015-2017), "Qishloq xo‘jaligi aholi punktlarida demografik jarayonlarni kartografik taʼminotini o‘rganishda GAT texnologiyalari dasturlarini qo‘llash" (2018-2020), Yevropa Ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan Erasmus+ 585718-EPP-1-2017-1-HUEPPKA2-CBHE-JP "DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura" xalqaro loyihalari mavzulari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan.