Ilmiy kutubxona
Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: milliy va xorijiy tajriba
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yana-da rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarori va “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan 2021-yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida “Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur to‘plam materiallaridan foydalanilganda mualliflik huquqini eʼtiborga olgan holda konferensiya to‘plamiga havola berilishi shart.
To‘plamga kiritilgan maʼruzalar materiallari mazmuni mualliflarning shaxsiy ilmiy-nazariy yondashuvi va qarashli sifatida talqin qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2021-yil 7-apreldagi 4-sonli majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.