Ilmiy kutubxona
Nikoh va oila zamonaviy jamiyatda qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Moddiy ahvolning yomonlashuvi, to‘liq bo‘lmagan oilalar sonining ko‘payishi, farzand ko‘rishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi (shu jumladan, befarzand oila), bolalarni oiladan chetlashtirish - bularning barchasi bizga oiladagi inqiroz holati to‘g‘risida xabar beradi.
Ko‘p muammolar oilaviy hayotdagi o‘zgarishlar, nizoli vaziyatlar, oila aʼzolari o‘rtasidagi munosabatni buzishilishi jarayonida yuzaga keladi. Mustaqil oila muammolarni o‘zi hal qilishga intiladi. Baʼzi hollarda bu yordam berishi mumkin, boshqalarda esa qarama-qarshiliklarning yana-da kuchayishiga olib keladi.
Oilaviy psixolog -konsultant psixologiya fanining har qanday sohasi - kognitivizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya va boshqalarning tarafdori bo‘lishi mumkin. Psixolog-konsultantning vazifasi maʼlum bir kishiga yoki murojaat qilgan odamlarning kichik guruhiga o‘zining ishonchliligini ko‘rsatadigan usul va metodlardan foydalangan holda psixologik yordam ko‘rsatishdir. Shu bilan birga, oilada konstruktiv o‘zgarishlar yuz berishi uchun, munosabatlarga yordam berishdan tashqari (munosabatlarga yordam berish fonida), maʼlum bir rollar to‘plami taʼsiridan foydalanish mumkin. Psixolog-konsultant tomonidan qo‘llaniladigan taʼsirlarning to‘plami uning nazariy yo‘nalishini aks ettiradi. Biroq, bugungi kunda psixolog-konsultantlarning aksariyati eklektik bo‘lib, turli xil nazariy yondashuvlarda ishlab chiqilgan texnika va usullardan amaliyotda foydalanadilar.