Ilmiy kutubxona
Ko‘p asrlar davomida "baxt" tushunchasi falsafiy kategoriya bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda "baxt" tushunchasiga oid ko‘plab yondashuvlar mavjud. Masalan, gedonist olimlar baxtni his qilish, lazzatlanish, zavqlanish va quvonch deb qarashgan. Evdemonizmda baxt barqaror, ajralmas yaxshilik, barcha intilishlarning motivi va maqsadi tugal orzu deb tushunilgan. XXI-asrga kelib baxt miqdoriy kategoriyaga aylanib ulgurdi hamda uning darajasini formulalar va hisoblashlardan foydalangan holda o‘lchash mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda aholining baxtlilik ko‘rsatkichlariga tayangan holda, nafaqat muayyan mamlakatda o‘zini baxtli yoki baxtsiz his qilayotganligini ijtimoiy jihatdan o‘rganish, balki jamiyatning barqaror rivojlanishini belgilashda va davlat siyosati yo‘nalishlarini aniqlashda ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun, Baxtni o‘lchab bo‘ladimi? Baxtni o‘lchash nima uchun kerak? degan savollar paydo bo‘lmoqdaki, bu borada chuqur ilmiy tahlil va tadqiqotlar o‘tkazish dolzarbdir