Ilmiy kutubxona

single image
Mohira Xoliqova

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda jinsiy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati

Jinsiy tarbiya maʼnaviy-axloqiy, jismoniy, aqliy-intellektual, estetik tarbiya bilan uyg‘unlikda olib borilishi, oilada boshlanishi, ota-onalar, shifokorlar, pedagoglar hamkorligida amalga oshirilishi, bolaning yoshi, jin­si hamda boshqa xususiyatlariga monand bo‘lmog‘i darkor.

 

Zero tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish, bolalarga gigiyenik ko‘nikmalar, erkak va ayol tanasining tuzilishi, jinsiy rivojlanish bosqichlari va qonuniyatlarini anglatish bilan cheklanmaydi, balki jinsga nisbatan qarashni to‘g‘ri singdirib borish, yigit va qizlarning o‘ziga xos tarbiyasiga eʼtibor, gender tengligi, farzandlarning o‘zaro muomalada masofa saqlashi, jinsga oid nozik tushunchalar, uylanish va turmush qurish bilan bog‘liq masalalarni yoshiga mos ravishda yetkazish, bu borada ruxsat va taqiqlar, halol va haromning farqiga borishni anglatishni o‘z ichiga oladi.