Ilmiy kutubxona
El osoyishtaligini taʼminlash, fuqaroga har tomonlama yordam berish, ularga jabr qilganga nisbatan chora qo‘llash va huquqiy masalalarni hal qilishda adolatli bo‘lishga alohida eʼtibor qilingan.
Xalq anʼanalari, qadriyatlari, urf-odatlarida turli ijtimoiy nizolar mahalla, urug‘-aymoqlar, oilaning kattalari va qarindoshlar aralashuvi bilan, islom arkonlari, shariat, fiqh tamoyillari asosida, qozilik instituti yordamida hal etilgan.
Islom dinida odamlar o‘rtasiga nifoq solish, dushmanlik va kelishmovchilik urug‘ini sepish, o‘zgalarni kamsitish, izzat-nafsiga tegish qattiq qoralangan, musulmonlarni boshqalarni hurmat qilishga, ularning obro‘sini to‘kmaslikka, his-tuyg‘ularini tahqirlamaslikka buyurilgan.
Jamiyat aʼzolari orasida adovat paydo bo‘lishi oqibatida do‘stlik rishtalari uziladi, o‘rtada nizo, ixtilof paydo bo‘ladi, ijtimoiy aloqalar buziladi hamda jamiyat parokandalikka yuz tutadi.