Ilmiy kutubxona

single image
Raʼno Ismaylova

Oilada psixologik zo‘rovonlik, sabablari, oqibatlari va bartaraf etish usullari

Oiladagi psixologik zo‘rovonlik - bu insonga bosim o‘tkazish va uning qadr-qimmatini kamsitish, jamiyatning kichik doirasi bo‘lgan oilada soduir bo‘ladigan holatdir. Jabrlanuvchining psixologik xolatidan boshqa izlar yo‘qligi sababli bu kabi zo‘rovonlikning sodir etilganligini bilish qiyin. Bunday zo‘rovonlikning oqibatlari esa asabiy tushkunlikdan tortib, qattiq depressiya va xatto o‘z joniga qasd qilishgacha bo‘lgan daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, oqibatlarning oldini olish uchun uning sabablarini, turlarini va alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash kerak. Shu bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchining o‘zi bilan ishlash talab etiladi.

Oiladagi ruxiy zo‘rovonlik hissiy, deb xam ataladi. Bu tizimli ravishda oilaning biror bir aʼzosiga jismoniy taʼsir ko‘rsatmasdan uning shaxsiga zo‘rovonlik ko‘rsatishdir. Ushbu xarakatlarning maqsadi jabrlanuvchini tajovuzkorning aniq yoki yashirin istaklariga buysunishga majbur qilishdir. Jismoniy va ruhiy zaif oila aʼzolari - ayollar va bolalar - bu turdagi psixologik bosimdan aziyat chekadilar. Biroq, erkaklar ham xissiy zo‘rovonlik qurboniga aylanishlari mumkin.