Ilmiy kutubxona

single image
Axmedova Dildora Olimjonovna, ISFT instituti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi dotsenti, Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti

Mehnat migratsiyasi feminizatsiyalashuvi: xotin-qizlar psixologiyasi va ijtimoiy identifikatsiya

Migratsiya oqimlarining feminizatsiyasi, yaʼni migrantlarning umumiy sonida ayollar ulushining oshishi ekspertlar tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasi rivojlanishining eng yangi bosqichining o‘ziga xos xususiyati sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu ko‘p jihatdan globallashuv jarayonlari bilan birga keladigan jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bandlik tuzilmasida xizmat ko‘rsatish sohasining ortib borayotgan ustunligi rivojlangan davlatlarning xizmat ko‘rsatish sohasida malakasiz mehnatda band bo‘lgan migrant ayollarga bo‘lgan ehtiyojini shakllantiradi.