Ilmiy kutubxona
Mazkur ilmiy-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida bajarilgan “Yoshlarning eng dolzarb muammolarini aniqlash va amaliy takliflar ishlab chiqish (yosh oila misolida)” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, u sotsiologik tadqiqotlarda anketa tuzishning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan.
Ushbu qo‘llanma “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan dala tadqiqotlarini o‘tkazishda hamda “Oila” o‘quv markazla-
ri mashg‘ulotlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.