Ilmiy kutubxona
Mahallada oilaviy mediatsiyani joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar
Mazkur qo‘llanma oilaviy nizolarni hal etishning muqobil turlarini, xususan oilaviy mediatsiyani mahalla darajasida qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada oilaviy nizo tushunchasi, ularni kelishuvlar asosida hal etish yo‘llari, oilaviy mediatsiyaning asosiy tamoyillari hamda afzalliklari yoritib beriladi.
Ushbu qo‘llanmadan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi mutasaddilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, ushbu soha bo‘yicha tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik metodik manba sifatida foydalanishi mumkin.
Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasi 43-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida tayyorlangan.