Ilmiy kutubxona

Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoxga qarshi birga kurashamiz
Jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topadi. Shu jihatdan oila institutini yana-da mustahkamlashda demografik rivojlanishdagi tendensiyalar muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi.
Oilalarning mustahkamligi va ma‘naviy barkamolligi uchun, o‘z navbatida, yoshlarning oila qurishga har tomonlama tayyorligi, xususan, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, er-xotin munosabatlari haqida batafsil ma‘lumotlarga egaligi zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi. Zero, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari oilaning reproduktiv salomatligi va oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.