Ilmiy kutubxona
Mazkur kullanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yana rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari tug‘risida"gi 820-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida "Yosh kelin-kuyovlar maktabi"uchun har bir tuman (shahar)da yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan.
Shuningdek, ushbu qullanma vositasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son, 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonningtaraqqiyotstrategiyasi tug‘risida"gi PF-60-son, 2023-yil 21-dekabrdagi "Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-208-son Farmonlari, 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘iicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 401-son Qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy hayotning maʼnaviy-axloqiy, huquqiy, psixologik, tibbiy, iqtisodiy, pedagogik aspektlariga doir bilim va malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi.