Ilmiy kutubxona

Maxallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari
Mazkur qo‘llanmada mahallalarda mavjud notinch, nizoli va ajrashish yoqasidagi oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari, mahallada faoliyat olib borayotgan mutasaddilar, xususan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining mazkur yo‘nalishda eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar yoritib berilgan.
Ushbu qo‘llanmadan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi mutasaddilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, ushbu soha bo‘yicha tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik metodik manba sifatida foydalanishi mumkin.
Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda qabul qilingan PQ-401-son "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasining 34-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida tayyorlandi.