Ilmiy kutubxona
Xotin-qizlarning axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini rivolantirish borasida ilg‘or mamlakatlar tajribasi (Singapur, Janubiy Koreya, AQSH misolida)
XXI asr axborot texnologiyalari asrida internet hayotimizining asosiy qismidan biriga aylanib ulgurdi. Bu borada barchaning axborot texnologiyalaridan teng imkoniyatlar sharoitida foydalanishi, gender tengligi tamoyillariga rioya qilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inclusive Internet Index - bu har yili Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan Facebook (hozirgi Meta) ko‘magida chop etiladigan hisobot bo‘lib, ushbu indeks dunyo mamlakatlarida ınternetdan foydalanish imkoniyati, arzonligi, foydalanish va ko‘nikmalari nuqtayi nazaridan qanchalik inklyuzivligini baholaydi.
Indeksning maqsadi internetning yana-da adolatli tarqalishini rag‘batlantirish va hukumatlar, biznes va boshqa manfaatdor tomonlarga raqamli inklyuzivlikni oshirishga yordam beradigan axborot va tahlillarni taqdim etishdan iborat. Mazkur reytingda Singapur 1-o‘rinni, Janubiy Koreya 2-o‘rinni, AQSH 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, mamlakatimiz mazkur reytingda 61-o‘rinni egalladi[1].
[1] https://impact.economist.com/projects/inclusive-internet-index/2022/country/Uzbekistan