Ilmiy kutubxona

single image
Falsafa fanlari doktori, professor Xajiyeva Maksuda Sultanova

Zamonaviy oila modeli

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari hamda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaralishi taʼkidlanadi. Unga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini muvafaqqiyatli amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qator tizimli to‘siqlar mavjud bo‘lib, ulardan biri – zamonaviy oila modelini yaratishga oid ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmayotgani, bu tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga joriy etish yo‘lga qo‘yilmagani va kadrlar yetishmayotganidir[1]. Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida esa zamonaviy namunali oila modelini va mezonlarini yaratish, “zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlar, boy madaniy-tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish” zarurligi taʼkidlanadi[2].


[1] Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori // Xalq so‘zi, 2018, 28-iyun.

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2018, 3-fevral.