Ilmiy kutubxona
Yangi o‘zbekistonning baxtli oilasi
Mamlakatimizda oilaga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari inson hayoti va taraqqiyoti uchun oilaning betakror qadriyatlari: jamiyat hayotida, yangi avlodni tarbiyalash, milliy madaniy- axloqiy qadriyatlar, urf-odat, anʼanalarni saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda oilaning tutgan o‘rni va ahamiyatining tan olinishiga asoslangan. Anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida oilani rivojlantirish, oilada erkak va ayolning teng huquqliligini taʼminlash, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga erishish, oilaning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yaxshilash, oila institutini mustahkamlash masalalarida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Oila manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, uning jamiyatdagi muhim ijtimoiy institut va barkamol avlodni tarbiyalash o‘chog‘i ekanligi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarbiyaviy asoslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tarbiya, gender tengligi bilan bog‘liq masalalar kun tartibidagi asosiy masalalar sanalmoqda.
Shu bilan birga, oila instituti mustahkamligiga tahdid soluvchi qator omillar ham mavjud. Xususan, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, jamiyatda oilaviy munosabatlar madaniyatining pasayishi va anʼanaviy qadriyatlarga nisbatan oila aʼzolarida yangicha munosabatning shakllanishi, iqtisodiy integratsiya, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tafovutlarning yana-da chuqurlashuvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining kuchayishi kabi omillar shular jumlasidandir.