Ilmiy kutubxona

single image
G.V.Xrulnova, R.A.Bazarova, Sh.R.Allabergenova

Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat: belgilari, aniqlash va yordam ko‘rsatish usullari

Mazkur qo‘dlanmada MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizdar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan bolalar bilan shafqatsiz muomala holatlarini o‘z vaqtida aniqlash, barataraf etish va shu kabi hodatlarga taʼsir ko‘rsatish chora-tadbirlarining tashkid etilishi bo‘yicha maʼlumotdar takdim etilgan. Qo‘llanma patronaj hamshiradar, tibbiyot xodimlari, psixologlar va ijtimoiy ish xodimlariga ham foydali bo‘ladi.

Kitobda asosiy tushunchalar, bolaning shafqatsiz muomalaga duchor qilinayotganini aniqlash mumkin bo‘lgan belgilar batafsil yoritilgan. Oilada va ko‘chada zo‘ravonlik holatlariga reaksiya qilish modeli taklif etilgan.

Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni ijrosini taʼminlash bo‘yicha Yo‘l xaritasining 7-bandi ijrosi yuzasidan nashrga tayyorlandi.

"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-iyundagi 03-sonli Ilmiy kengash qarori bilan nashrga tavsiya etilgan

 

O‘zbekistonda shafqatsiz muomala holatlarining oldini olishga doimo katta eʼtibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3827-sonli qarorida voyaga yetmaganlarga nisbatan shafqatsiz muomala holatlarini erta aniqlash va ularga majmuaviy yordam ko‘rsatishga alohida eʼtibor qaratilib, “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-sonli Qonunida ham voyaga yetmaganlarni himoyalashga taalluqli moddalar mavjud.

Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, blogerlar, befarq bo‘lmagan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda ayollar, bolalar, hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik faktlarini muntazam ravishda yorita boshladilar. Biroq bunday ishlar, odatda, voqea sodir bo‘lib o‘tganidan keyingina oshkor bo‘ladi. Huquqni muhofaza qilish organlari, ijtimoiy tuzilmalar shafqatsizlik sodir etilgandan keyingina xabardor bo‘ladilar va natijada ular zo‘ravonlik oqibatlari bilan kurashadilar.

 

Bolalarni himoyalash tizimi bo‘g‘inlaridan biri oilaga birmuncha yaqin va o‘z vakolatlari bo‘yicha oiladagi vaziyatni o‘rganishadigan, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar hamda oilalarga yordam ko‘rsatadigan mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassislari hisoblanadi.

Ushbu qo‘llanmada mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassislarning bolalar bilan shafqatsiz muomala holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va shu kabi holatlarga taʼsir ko‘rsatish chora-tadbirlarini uyushtirish uchun maʼlumotlar taqdim etilgan.

Shafqatsiz muomala holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bolaga yordam ko‘rsatish uning salomatligi va rivojlanishida salbiy holatlarni kamaytirish imkonini beradi, ijtimoiy yetimlik, voyaga yetmaganlar orasida deviant axloq, suitsidni profilaktika qilishga ko‘maklashadi.