Ilmiy kutubxona

single image
"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti

Ayol – jamiyat ko‘zgusi

ISLOHOTLAR SAMARASI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-87-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 40ta normativ hujjat loyihalari ishlab chiqildi.

Xotin-qizlarninghuquq va manfaatlarini taʼminlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida eng quyi bo‘g‘in - mahalla va xonadongacha kirib boradigan ver-tikal tizim yaratildi.

Oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat boshqaruvi organi - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etildi.

 

"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokim o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari lavozimlari joriy etildi.

9445 ta mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etildi va unga davlat xizmatchisi maqomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Xotin-qizlarningjamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida esa Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.

Respublika va hududiy miqyosda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyati qo‘lga qo‘yildi.

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi.

Barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari hamda xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq banki tizimida rahbarning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Bosh prokuraturada Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi bo‘lim tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilak-tikasi tizimida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha alohida boshqarma, hududiy ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlari hamda shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor lavozimlari joriy etildi.