Diplommi yoki bilim? Oliy ta‘limdagi o‘zgarishlar va yangi maqsadlar
👨🎓🧑🎓 Diplommi yoki bilim? Oliy ta‘limdagi o‘zgarishlar va yangi maqsadlar
"O‘zbekiston — 2030" strategiyasining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu inson kapitalini rivojlantirishdir. Strategiya shunchaki talabalar sonini oshirishni emas, balki sifatli ta‘lim va raqobatbardosh kadrlarni nazarda tutadi. Xo‘sh, bu jarayon qanday kechadi❓
So‘nggi yillarda qamrovni oshirish maqsadida ko‘plab xususiy (nodavlat) universitetlar tashkil etildi. Bu strategiyaning bir qismi. Biroq, bu OTMlar shunchaki "diplom beruvchi konveyer"ga aylanib qolmasligi kerak. Strategiyada xususiy (nodavlat) universitetlari davlat OTMlari bilan sog‘lom raqobatga kirishib, ta‘lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishi lozim. Bu degani:
✔️Ilmiy tadqiqotlar ko‘lami va sifatini oshirish;
✔️Ta‘limning bozor talablariga moslash;
✔️Diplomning xalqaro miqyosda tan olinishini ta‘minlash.
2030-yilga borib, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun "qog‘ozdagi mutaxassis"lar emas, balki kreativ fikrlaydigan, IT va zamonaviy texnologiyalarni tushunadigan real kadrlar kerak bo‘ladi. Ish beruvchi bugun OTM nomiga emas, nomzodning "Soft skills" va "Hard skills" ko‘nikmalariga qarayapti. Shu bois ham, Strategiya maqsadi sifatli ta‘lim orqali bilimli, innovatsion fikrlaydigan va zamonaviy kadrlar shakllantirish.
📌 Sizningcha, 2030-yilga borib oliy ta‘limimiz jahon standartlariga to‘liq javob bera oladimi? Qaysi o‘zgarishlarni birinchi navbatda kutmoqdasiz?

Рус
Eng



