“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

04:00 - 9 Yanvar Yangiliklar
36

“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.


📌Qarorga muvofiq, ayollar va yoshlar ishtirokidagi jinoyatchilikning oldini olishda ilmiy yondashuvga asoslangan mexanizmlari joriy etilishi nazarda tutilgan bo‘lib,bu borada quyidagi ustuvor vazifa va maqsadlar belgilab qo‘yilgan:


✔️ayollar va yoshlar ishtirokidagi jinoyatlarning asl omillarini tahlil qilish va oldini olish;


✔️jinoyatchilikning oldini olishda “ilmiy xulosa - tavsiya - natija” tamoyili asosida joylarda o‘rganishlar olib borish;


✔️ayollar jinoyatchiligi, giyohvandlik, spirtli ichimlik va nizoli oilalar ulushi yuqori bo‘lgan mahallalarni viloyat darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hamda adliya tizimlariga biriktirish;


✔️2026-yil 1-mayga qadar “E-ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida “E-nizoli oila” moduli joriy etish va nizoli oilalarni monitoring qilish.

ness image
Chop etish