“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik”
Xabaringiz bor, “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar mamlakat miqyosida raqamli zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan xotin-qizlar uchun malaka oshirish kurslari doirasida "Ayollarga va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, samarali profilaktika mexanizmlariga to‘xtaldilar.
Aytilganidek, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan kiberjinoyatlar va zo‘ravonliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda faol ishtirok barchamizning burchimizdir.
Рус
Eng



