O‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

06:58 - 25 Mart Yangiliklar
132

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida “Dissertatsiya ishi davomida ilmiy manbaalardan foydalanish” mavzusida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi


ness image

Bugun Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti doktarantlari uchun “Dissertatsiya ishi davomida ilmiy manbaalardan foydalanish” mavzusida ilmiy seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Seminar Necmettin Erbakan universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Birol Mercan tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotda muammoni o‘rganish davomida ilmiy nazariy manbaalarni izlash, ulardan foydalanish bosqichlarini rejalashtirish tadqiqot dasturini tuzish, sotsiologik tadqiqot usullaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi. Xususan, ilmiy izlanish muammosi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalarini shakllantirish jarayoni borasida suhbat olib borildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida ilmiy gipotezaning turlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, tasviriy, asosiy va qo‘shimcha, birlamchi va ikkilamchi gipotezalarni ilgari surish jarayoning o‘ziga xos jihatlari alohida qayd etildi. Shuningdek, ilmiy bazalarda indekslanuvchi maqolalar chop etishning tartib-qoidalari, iqtibos keltirish shartlari tushuntirildi.

 Seminar so‘ngida mehmonga tashakkurnoma hamda Institut jamoasi tomonidan tayyorlangan ilmiy adabiyotlar taqdim etildi.

👉 Fotolavha

“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish”

bo‘limi materiallari asosida tayyorlandi

Chop etish