Prezident raisligida yig‘ilish boshlandi

08:26 - 12 Dekabr Yangiliklar
57
ness image

✅ Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5157).

✅ Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yangi ijtimoiy himoya tizimini tashkil etishda O‘zbekistonga yaqindan ko‘maklashayotgan BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Maxl, YUNISEF vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakovaga bugungi yig‘ilishda ishtirok etayotganlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

✅ Qayd etilganidek, joriy yilda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi.

✅Masalan, oldin odamlar protez uchun har xil komissiyalar va poliklinikada 2 oy sarson bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu masala 2 haftada mahallada hal bo‘lmoqda. Shuni o‘zidan 100 ming odamni og‘iri yengil bo‘ldi.

✅ Odamlar protezni 95 ta ishlab chiqaruvchi orasidan elektron tizimda o‘zi tanlayapti, raqobat va sifat ham yaxshilandi.

✅ Nogironligi bor bolalarga qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yilib, murojaatlar mahallada qabul qilinayapti. Bu 700 nafar ota-onani ishlashiga sharoit yaratdi. Harakatlana olmaydigan 4 ming nafar yolg‘iz keksalar aniqlanib, ularga uyini o‘zida qarab turish yo‘lga qo‘yildi.

🟡 Mahalladagi ijtimoiy xodimlar uyma-uy yurib, shu yil reestrda bo‘lmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam ko‘rsatdi.

🟡 51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 mingi protez oldi, nogironligi bor 5 ming bola bog‘cha-maktabga joylashdi.

🟡Bundan tashqari, muhtoj bo‘lmaganlarga asossiz nafaqa to‘lashning oldi olindi, qisqargan xarajatlar byudjetda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5158) qoldirildi.

🟡 Uch oy oldin viloyat va tumandagi 14 ming rahbar 75 ming kambag‘al oilaga biriktirilib, ular bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.

🟡 Natijada, shu kunga qadar kambag‘al oilalardagi 17 ming odam doimiy ishga joylashtirildi, tadbirkorlik va tomorqa orqali 14 ming aholining daromadi oshirildi, 30 ming bola bog‘cha, to‘garak va kasbga o‘qitish bilan qamrab olindi, 45 ming muhtoj aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

✔️ Yig‘ilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini ko‘paytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5159)

✔️ Xususan, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

✔️ Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdarg‘om, Chortoq va Denov tumanlarida qoniqarsiz.

✔️ Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir masʼulga aniq vazifa belgilash topshirildi.

✔️ Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

✔️ Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash topshirildi.

✅  Inson qadri uchun: dunyoning eng ruhlantiruvchi 100 ayoli ro‘yxatiga kirgan surxondaryolik Dilorom Yo‘ldoshevaning matonati va ishbilarmonlik fazilatlari yuksak eʼtirof etildi.

✅ Prezident ijtimoiy himoya sohasiga xususiy sektor kirib kelayotganini olqishlab, ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatining 80 foizi davlat tomonidan qoplanishini taʼkidladi.

✅ Oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

✅ Kambag‘al oilalar farzandlarining taʼlim olishi va kasb o‘rganishi uchun imkoniyatlar yana-da kengaytiriladi.

✅ Kambag‘al oilalarning o‘zi harakatlana olmaydigan aʼzolariga uyida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Chop etish