10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Bugun 10-dekabr, xalqimizning asriy orzu-umidlarini, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, mamlakatimiz ramzlari ichida badiiyligi jihatidan ajralib turadigan davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun.
Madhiyamiz o‘zbek xalqining mustaqilligi, ozodligi va farovonligi, tarixiy yuksalishi va qadriyatlari, hamjihatligi, kelajakka bo‘lgan ishonchi va yurtga sadoqati, shuningdek, vatanimizning tinchliksevar siyosati va millatlararo totuvlik kabi umumbashariy tuyg‘ularni tarannum etadi.
U nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab milliy g‘ururimiz va yurtimizni barqaror rivojlanishiga bo‘lgan ishonchimiz, xalqimizning mardlik, ezgulik va yuksak qadriyatlarini madh etib, ona zaminimiz ravnaqi yo‘lida yana-da mustahkam poydevor yaratishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz madhiyasi yuksak marralarni zabt etayotgan hamyurtlarimiz sharafiga, xalqaro tashkilotlar va jahon arenalarida milliy g‘urur hissini baxsh etgan holda, baralla yangrashda davom etishini tilaymiz.