Konstitutsiya - mustaqilligimiz va farovonligimiz garovidir!
Bugun 8-dekabr, istiqlolimizning dastlabki yillarida, davlatimizni rivojlantirish va unga erkin va adolatli jamiyat sifatida qarashimizda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan, qisqa davr mobaynida turli yo‘nalishlarda ulkan yutuq va natijalarni zabt etishimizda mustahkam poydevor bo‘lgan Bosh qomusimiz qabul qilingan kun.
2023-yilning 30-aprel kuni esa umumxalq referendumi o‘tkazilib, unda 65 foizga yangilanib, zamon talablariga muvofiq takomillashtirilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinib, "Yangi O‘zbekiston"ni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy kafolati yana-da mustahkamlandi!
Konstitutsiya qaysi kasb, millat yoki din vakili bo‘lishimizdan qat‘iy nazar, har birimizning huquq va manfaatlarimizning bosh himoyachisidir. Shu munosabat bilan Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti barcha vatandoshlarimizni ushbu tarixiy va buyuk sana - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, adolat va qonun ustuvorligi hamisha bardavom bo‘lsin.