"Kitoblar karvoni" namangan viloyatida

12:02 - 5 Dekabr Yangiliklar
92
ness image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatida “Kitoblar karvoni” tadbiri uyushtirildi.

Tadbirda “Oilaviy nizolarni yechishda g‘azabni boshqarish usullari”, “Kiberzo‘ravonlikdan himoyalanish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?”, “Kiberxavfsizlik bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar”, “Jinoyatchi ayollar psixologiyasi”, “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi birga kurashamiz”, “Sog‘lom oila – kelajak poydevor”, “Ayollar mehnat migratsiyasining huquqiy va iqtisodiy jihatlari”, “Mas‘uliyatli ota-onalik”, “Oila va nikoh munosabatlari mustahkamligining dunyoviy va diniy asoslari”, “Ayollarga huquqiy maslahat”, “Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari” kabi 11 nomdagi jami 9 mingta kitob xotin-qizlar faollari faoliyati davomida amaliy foydalanshi uchun taqdim etildi.

Chop etish