Namanganda malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyatida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Unda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan turli mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamid Abduramanov O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga qarshi kurash kabi mavzularda ma‘ruza qildi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bobur Xonturayev mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilar uchun “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Jahongir Rustamov “Oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg‘ulot olib bordi.
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda.